Mehribonlik uyida bo‘lajak chempionlar tarbiyalanmoqda

Kemalbek Kamolsev sardorlik qiluvchi bolalar futbol jamoasini  samarqandliklar yaxshi bilishadi. O‘tayotgan yilni Samarqand shahridagi 2-mehribonlik uyining bolalar futbol jamoasi yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunladi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida ham ushbu millionlar o‘yinining ashaddiy muxlislari talaygina. Shu bois mazkur oliy o‘quv yurti mutasaddilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayrami arafasida tadbir tashkil etib, shahar chempionlariga sovg‘alar taqdim etishdi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga maishiy texnika, maktab o‘quv qurollari va kitoblar, bolakaylarga shirinliklar tarqatishdi.

Gulchehra BERDIYoROVA.