Meksikada jinoiy guruhlar to‘qnashuvi oqibatida to‘qqiz nafar inson halok bo‘ldi

Meksikaning Michoakan shtatidagi Tepalkatepek shaxriga kirish joyida sodir bo‘lgan jinoy guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida to‘qqiz nafar inson halok bo‘ldi, 11 nafari jarohatlandi, deya bu haqida shtat jamoatchilik xavfsizligi vaziri Israel Patron xabar berdi.

“To‘qnashuv sodir bo‘lgan joyda ichida to‘rtta vafot etgan shaxslar bilan birgalikda beshta avtomobil qolgan. To‘qnashuv chog‘ida hammasi bo‘lib to‘qqiz nafar odam halok bo‘lgan, yana 11 kishi jarohatlangan”, - dedi u Foro TV telekanaliga bergan intervyusida.

Vazir, ikki narkokartel o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida so‘z boryotganligiga oydinlik kiritishdan bosh tortdi, biroq, to‘qnashuv qurollangan bir guruh shaxslar Xalisko shtatidan Tepalkatepekka kirishga harakat qilayotganlarida ikkinchi qurollangan guruhga duch kelganidan so‘ng boshlanganini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda Meksikani AQShga kokain tranzitini nazorat qilish uchun narkokartel o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida yuzaga kelayotgan zo‘ravonlik to‘lqini qamrab oldi. 2018 yilda Meksikada qotilliklar soni rekord darajaga yetganligi kuzatildi – xavfsizlik vazirligi 33 mingdan ortiq qotillik haqida xabar bergan edi. (2017 – yilda – 31.2).