Meksikalik raqibini nokautga uchratgan bokchsimiz tantanali kutib olindi
- 07.10.2019 15:26
- 169
- Sport

Professional boksda o‘zining chiroyli g‘alabalari bilan shuhrat qozonib kelayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov O‘zbekistonga qaytib keldi.
Bokschimizni tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchining yaqinlari, OAV vakillari va yuzlab boks ishqibozlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov Nyu-York vaqti bilan 5 oktyabr kuni “Medison Skver Garden” arenasida meksikalik Alexandro Barreroga qarshi ringga ko‘tarilib, o‘zining professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasini ham nokaut bilan nishonladi. Shuningdek, vakilimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan “WBA InterContinental “ kamarini ham himoya qildi.
MOQ xabariga ko‘ra, hamyurtimiz Toshkentda qisqa ta’tildan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshlaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- Kecha, 19:03
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Kecha, 17:50
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- Kecha, 17:46
- Samarqand
Mahallangiz nomi ma’nosini bilasizmi?
- Kecha, 17:05
- Samarqand