“Men kelajagimni korrupsiyasiz quraman”
Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetida ushbu nom bilan ataluvchi loyiha asosida tadbir o‘tkazildi. Unda universitetning yosh ilmiy tadqiqotchilari hamda ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadoyev arxitektura, texnika, fizika-matematika, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi darajasini olgan yosh olimlarga PhDni tasdiqlovchi diplomlarni topshirdi. Shuningdek, xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
- Talabalarni ilmiy ishga tayyorlash, ularda ilmga bo‘lgan rag‘batni uyg‘otish ularning oliy ta’lim muassasasiga qadam qo‘ygan ilk kunlaridanoq boshlanishi kerak, - dedi universitet professori Asqar Hasanov. - Talabalarimiz 4 yil davomida ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, bahs-munozaralarda qatnashib, toblanib borishlari lozim. Talaba bakalavriat bosqichida ilmning zahmati va rohatini his qilmas ekan, magistratura va doktorantura yillari ham samarasiz ketadi.
Tadbirda haqiqiy ilm yo‘lini tanlagan olimlar uchun korrupsiya bilan bog‘liq holatlar hech qanday to‘siq bo‘la olmasligi alohida ta’kidlandi.
SamDAQU axborot xizmati.