«Men kinolog bo‘laman»
Unda boshqarma kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazzoqov uchrashuv ishtirokchilariga bojxona sohasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, bojxona organlariga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan, bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga kengroq ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng boshqarma xodimi I.Madatov milliy kinologiya markazi faoliyati, bojxona organlarida kinolog mutaxassislarining o‘rni va ularning xizmat vazifalari haqida slayd ko‘rinishida axborot berdi.
Ma’ruzalardan so‘ng ko‘plab yoshlar bojxona xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va batafsil javob oldi.
- Kollejda kinologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayapman, - deydi kollej o‘quvchisi Elbek Ziyadullayev. - Soha qiziqqanim uchun o‘qishga kirganman. Kinologiya sohasi bo‘yicha ko‘pdan beri meni qiziqtirgan savollarim bor edi. Bugun bojxona xodimlari bilan uchrashib, barcha savollarimga aniq javob oldim. Endi men kelajakda kinolog mutaxassisi sifatida bojxona organlariga ishga kirishni o‘z oldimga maqsad qildim.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.