“Mercedes-Benz”ning hujjatdan yashirilgan chiroqlari “yonib” qoldi
Bojxona qoidabuzarliklarini tahlil etadigan bo‘lsak, ular orasida eng “ommabop”i bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarni qisman ko‘rsatib, bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish hisoblanadi, deb yozmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Jumladan, Buxoro tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ham xuddi shu turdagi yana bir bojxona qoidabuzarligi aniqlandi.
Bojxona organlariga joriy etilgan zamonaviy “Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi” tomonidan fuqaro R.B. nomiga yuborilgan umumiy qiymati 3638 AQSh dollariga teng bo‘lgan tovarlar inson omili aralashuvisiz “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida mazkur tovarlar belgilangan me’yordan ortiqcha ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Natijada, yuk egasi tomonidan hujjatlarda ko‘rsatilmagan “Mercedes-Benz” avtomobiliga tegishli umumiy qiymati 5 million so‘mni tashkil etuvchi ehtiyot qismlari uchun bojxona yuk deklaratsiyasi qaytadan rasmiylashtirildi hamda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undirib olindi.