Merganlar o‘zaro bellashdi
Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Urgut tuman kengashi birlashgan o‘quv sport texnika klubida yozgi biatlon sport musobaqasi tashkil etildi.

- 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada tumanimizdagi 100 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi, - deydi "Vatanparvar" tashkiloti tuman kengashi rahbari Ixtiyor O‘tkurov. - Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning jismonan baquvvat, ruhan tetik, intellektual salohiyati yuksak bo‘lib voyaga yetishlarida bu kabi sport musobaqalarining o‘rni, ahamiyati beqiyos. Quvonarlisi, yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi bo‘lakcha. Bunga musobaqa davomida ham amin bo‘ldik. Bahslar juda qiziqarli bo‘ldi. Unda yoshlar nafaqat masofadan o‘q otish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi, balki motosport, velosport va yugurish bo‘yicha ham bahslashdi.
Bahriddin SAFAROV.