Meva-sabzavotni chiritmaslik yo‘llari bor. Mutaxassis tavsiya qiladi

Ikkinchidan, ho‘l meva va sabzavotlarni sun’iy sovitiladigan omborxonalarda saqlash lozim. Meva-sabzavotlarni omborxonada saqlashda harorat 0 gradusga yaqin, havoning nisbiy namligi esa 90-95 foiz bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Sun’iy sovitiladigan omborxonalar bo‘lmaganda mahsulotni saqlashning xalqimiz qadimdan qo‘llab kelgan oddiy usullardan foydalanish ham ijobiy natija beradi. Masalan, yerto‘lalarda to‘kib saqlash, anor va olma, sabzini quruq qumga ko‘mib saqlash, ildizmevalarni o‘ralarda, qog‘oz va polietilen kabi materiallardan foydalanib, saqlash mumkin.

Agar bunday sharoit bo‘lmasa, nobudgarchilikni kamaytirishning eng oddiy, deyarli xarajat talab qilmaydigan usuli – ularni quritish, ya’ni qoq qilib olish hisoblanadi. Kishilar o‘z tomorqa xo‘jaliklaridan olgan hosillarini nest-nobud qilmasdan, tabiiy holda quritib olsalar, minerallarga boy mahsulotlar zaxirasini yaratgan bo‘ladilar. O‘zbekistonimizning tabiiy iqlim sharoiti esa quritishdan foydalanishga juda mos hisoblanadi.

Ro‘ziboy NORMAHMATOV,

texnika fanlari doktori.