MIBdan shikoyat bo‘lsa, qayerga murojaat etish kerak?

Folibjon NORQULOV,
Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi Gulobod ko‘chasi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq majburiy ijro byurosi quyi turuvchi rahbarlari yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlariga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi. 
Demak, sizda majburiy ijro byurosi bo‘yicha savol yoxud muammo paydo bo‘lsa, tuman, viloyat yoki respublika prokuratura organlariga xuddi shu tartibda majburiy ijro byurosining yuqori idorasiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi bo‘yicha muammolar yuzaga kelganda "O‘zbekenergo" AJ yoxud "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyatiga arzingizni aytsangiz bo‘ladi.

F.TOLIBOV,
huquqshunos.