Migratsiya agentligi Sankt-Peterburgda kaltaklangan migrantlar bo‘yicha bayonot berdi
- 24.05.2023 09:32
- 221
- Xorij
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasiga Markaziy Osiyodan borgan bir guruh mehnat migrantlari politsiya tomonidan kaltaklanib hibsga olinayotgani haqida xabarlar berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 19 may kuni Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «Gazprom» kompaniyasiga qarashli «Laxta Sentr» biznes markazi qurilish maydoni atrofida norasmiy tartibsiz oziq-ovqat bozori tashkil qilingan va u joydan ovqat sotib olgan bir necha kishi politsiya tomonidan hibsga olingan.
Videotasvirlarda kuch ishlatilib hibsga olingan kishi O‘zbekiston fuqarosi emas va ushbu holatda boshqa fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilmagan, deyiladi agentlik xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa