Migrantlarga Rossiyadan chiqmasdan patentni qayta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi
- 18.04.2020 10:30
- 109
- Xorij

Rossiya Federatsiyasida patent asosida ishlaydigan vizasiz mamlakatlardan kelgan chet elliklar mamlakatdan chiqib ketmasdan, uni uzaytirishlari mumkin.
Yangi tartib Davlat Dumasi tomonidan sog‘liqni saqlash va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan qonun loyihasi bilan tartibga solinadi.
Endilikda mehnat migrantlari bir oydan o‘n ikki oygacha bo‘lgan muddat uchun patent olish va uni mamlakatdan chiqmasdan qayta rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
"Ya’ni, mehnat migranti Rossiya Federatsiyasida ikki yil davomida ketmasdan ishlashi mumkin", deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Turli millatdanmiz, lekin o‘zbekistonlikmiz!
- 1 soat avval
- Samarqand
Nega o‘z tariximizga begona bo‘lib boryapmiz?
- 2 soat avval
- Jamiyat
Manzil koloniyada tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
- 2 soat avval
- Samarqand
So‘nggi sigaret ham tugadi, mana...
- Bugun, 14:25
- Mutolaa