Mikroto‘lqinli pechlar qanday paydo bo‘lgan?

Ikkinchi jahon urushi paytida ko‘pgina uy bekalari mikroto‘lqinli pechlarning o‘sha paytdagi yuqori bahosiga qaramay, ushbu oshxona jihozini sotib olish uchun bor jamg‘armalaridan voz kechishga tayyor edilar. Xo‘sh, bu texnologiya mo‘’jizasi qanday ixtiro qilingan edi?

Mashhur amerikalik muhandis va tadqiqotchi Persi Spenser tasodifan bu ajoyib qurilmaning ixtirochisiga aylandi. Persi urush tugashidan biroz oldin 1945 yilda, radiolokatsion radarlar maydonida signal sifatini oshirish maqsadida tajriba o‘tkazayotgan edi. Bir payt muhandis ishlayotgan radiosignalning nur tarqatuvchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol ustida yotgan shokoladni eritib yuborganini aniqladi. Ushbu voqeadan ilhomlangan Persi darhol elektromagnit nurlanishi orqali oziq-ovqatni isitish imkoniyatini o‘rganishga kirishdi.

Tez orada u og‘irligi 400 kilogrammdan sal ko‘proq bo‘lgan birinchi mikroto‘lqinli pechni yaratdi. Persining mo‘ljali bo‘yicha qurilma faqat restoranlarda, samolyotlarda va kemalarda ishlatilishi kerak edi.