Milliy o‘zlikka asoslangan Konstitutsiyagina adolat qo‘rg‘oniga aylanadi
Konstitutsiyaviy islohotlar milliy o‘zligimizni yanada teran anglashimizga xizmat qilishi bilan biz, keksa avlod vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Masalan, Bosh qomusimizga “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida milliy o‘zligimiz, bebaho qadriyatlarimiz chuqur singdirilib, inson manfaatlari ulug‘lanmoqda. Zotan, milliy o‘zlikka asoslangan Konstitutsiyagina adolat qo‘rg‘oniga aylanadi.
Qonun loyihasida 1-modda. “O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi», deya o‘zgartirilishi taklifi berildi. Ya’ni, “...huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy” so‘zlari qo‘shildi.
Huquq va erkinliklarimizni kafolatlaydigan muhim bu hujjatga “ijtimoiy davlat” tushunchasining kiritilishi har bir fuqaro uchun g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan mamlakat bo‘lishidan dalolat. Odamlar uchun munosib yashash sharoiti yaratib beriladi. Barcha muammolarga jamiyat muammosi sifatida yondashiladi. Lo‘nda qilib aytganda, yoshlar ham ayollar va keksalar ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Eshturdi Rahimov,
mehnat faxriysi, Nurobod tumani.