Ming ehtirom sizga, ustoz!

Siz qariyb qirq yil Ishtixon tumanidagi 72-umumta’lim maktabida biz kabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq berdingiz.

Bilamiz, boshlang‘ich sinf bolaning hayotga, ilmga, Vatan va yaqinlariga munosabati, iqtidor va iste’dodi shakllanadigan davr. Buni Siz yurakdan his etib, bizga qalb qo‘ri, mehr nuri bilan o‘zingizning ko‘p yillik tajriba, malakangizni ishga solib, saboq berdingiz, hayot yo‘llarimizni charog‘on etdingiz.

Aziz ustoz! Sizni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz, hamisha omon bo‘ling.

Sobiq o‘quvchilaringiz nomidan O‘lmas Saydinov.