Mini futbol, DXX kubogi: Paxtachilik yigitlar va jomboylik qizlar musobaqaning respublika bosqichida o‘ynaydi

Samarqand shahrida 16-30 yosh toifasida mini futbol bo‘yicha yigit-qizlar o‘rtasida «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi»ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bahslar natijasiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Jomboy tumanining “Nafis” qizlar jamoasi bu yil ham musobaqaning respublika yo‘llanmasiga ega chiqdi. Aytish jozki, o‘tgan yilgi qizlar o‘rtasidagi bahsda “Nafis” qizlar jamoasi DXX kubogini qo‘lga kiritgan edi. Keyingi o‘rinlar Urgut tumanining “To‘maris” va Payariq tumanining “Sevinch” jamoalariga nasib etdi.
Yigitlar o‘rtasidagi bahsda Paxtachi tumanining Gulobod mahallasi yoshlariga teng keladigan topilmadi va musobaqaning respublika bosqichiga boradigan bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Nurobod tumanining Nurbuloq mahallasi jamoasi hamda Samarqand tumanining Arabxona mahallasi yoshlari egalladi.