Minskda Alisher Navoiy haykali ochildi

Belarus va O‘zbekiston mintaqalari birinchi forumi vaqtida Minskda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy haykali ochildi. Bu haqda «BELTA» xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Belarus Senati raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina va boshqalar ishtirok etdi.
Sodiq Safoyev o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘loniga birodar Belarus respublikasi poytaxtida o‘rnatilgan haykal ochilish marosimida qatnashishi katta sharaf ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, buyuk ajdodga va o‘zbek xalqi madaniyatiga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun o‘zbek xalqi nomidan Belarus prezidenti, meriyasi va Minsk jamoatchiligiga minnatdorlik bildirdi.
Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratilgan.