Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatri direktori etib tayinlandi.
Bu haqda san’atkorniing ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
"Bu mas’uliyatli ishda Mirzabek Xolmedovga O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan hajv teatrini dunyoda tarannum etadigan kuchli uchlik qatoriga ko‘tarib berish vazifasi topshirildi", deyiladi xabarda.
MDH davlatlarida bir nechta satira teatrlar bor. Masalan, Rossiyada Moskva akademik satira teatri va Moskvadagi Arkadiy Raykin nomidagi “Satirikon” teatri. Shular qatorida O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan hajv teatri — bu O‘zbekiston davlat satira teatri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Mirzabek Xolmedov 1961 yil 13 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Taniqli hajviy aktyor, qiziqchi, so‘z ustasi.