Mirzo Ulug‘bekning “Yulduzlar katalogi” qayerda saqlanadi?
Mirzo Ulug‘bek bobomizdan bizga katta ilmiy meros qolgan. Shundan eng muhimi va ko‘zga ko‘ringani “Yulduzlar katalogi” hisoblanadi.
Mazkur katalog XV asrda nashr etilgandan keyin 100 yil o‘tib, 1648 yilda birinchi marta Angliyaning Oksford universitetida astronomiya professori Jon Grivs tomonidan qisman chop etilgan.
Oradan 17 yil o‘tgach, yana Londonda ingliz sharqshunosi Tomas Xayd Mirzo Ulug‘bekning “Ziji”ni nashrga tayyorlab, qisman lotin tiliga tarjima qiladi. 1839 yilda esa Parij nusxasi chop etilgan yulduzlar jadvali Luyi Per Sediyo tomonidan bu ham qisman chop etilgan.
Katalogning to‘liq nusxasi 1917 yilda AQShda chop qilingan. Buyuk Britaniya kutubxonalarida saqlanayotgan 8 ta qo‘lyozma nusxasini tahlil qilgan olim Edmund Nobl “Ulug‘bekning yulduzlar katalogi. Britaniya kutuboxonalaridagi barcha qo‘lyozmalarni tahlil qilgan holda” nomi bilan nashr qiladi.
Ayni paytda mazkur katalogning qisman va to‘liq nashr qilingan nusxalari Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi kitoblar fondida saqlanmoqda.
Mahmudxon Yunusov,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.