Olam va odam yaralishida matematik asos mavjudligini bilasizmi?
Olimlarimiz matematika barcha fanlarning asosi ekanligi, shuning uchun yosh avlodga riyoziyot ilmini ko‘proq va chuqurroq o‘rgatish kerakligini ko‘p ta’kidlagan. Bu bejiz emas, albatta. Biz esa olimlarimiz xulosalarini to‘la ma’qullagan holda qo‘shimcha ravishda matematika osmon ilmlarining ham asosi ekanligini, yulduzlar ilmi barcha fanlarning, shu jumladan matematika hamda ma’naviyatimizning sarchashmasi bo‘lib kelganligini tushuntirishimiz zarur.
Bugun talabalardan: “Matematikada nechta amal bor?”, deb so‘rasangiz “To‘rtta – qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish”, deb javob beradi.
- Kvadrat va ildiz chiqarish-chi? Bular matematik amal emasmi?”, - desangiz talaba yoki uning ustozi “Kvadrat va ildiz chiqarish to‘rt amalning tarkibidan kelib chiqqan”, deydi.
- Davlatimiz bayrog‘idagi o‘n ikki yulduz burji “Chor unsur” falsafasiga asoslanadi. To‘rt amal esa to‘rt unsur - olov, tuproq, havo, suv elementi falsafasidan kelib chiqqan, - deb qo‘shimcha qilsangiz, javobi yana antiqa bo‘ladi:
- amallar asli to‘rtta emas, ikkita. Qo‘shish va ayirishdan iborat. Ko‘paytirish, bo‘lish, kvadrat va ildiz chiqarish esa qo‘shish va ayirishdan kelib chiqqan, - deb aytadi.
Biz “Izzoyi mo‘min harom” degan hadisga amal qilib:
- tabiiy ilmlar, xususan, astronomiya fanida quyosh va oy, fizikada nur va soya, musbat va manfiy, faza va massa, proton va elektron, tarix va ilohiyot, Axuramazda va Ahriman, bular matematika fanida qo‘shish va ayirish amallarining manbalari hisoblanadi, - deymiz.
Ular:
- matematika fanida qo‘shish va ayirishdek ikkita amal emas, atigi birgina amal bor. U ham bo‘lsa, qo‘shishdir, - deb aytadi.
Biz yana:
- ustozlar ta’limni juda ham to‘g‘ri ifodalab bermoqda. Bizning olamimiz yaratilayotgan davrda avval qizib, aylanib turgan bir jism bor edi. O‘sha olov unsurli jismni “qo‘shish” (plyus “+”) deb qabul qilamiz. So‘ngra u qizib turgan narsa portlab ketadi va soviy boshlaydi. Biz aynan, portlab sovigan jarayonni “ayirish” (minus “-“) tuproq unsuriga tegishli deb qabul qilamiz.
Sovib borayotgan jism o‘zidan bug‘ va boshqa issiq gaz unsurlarini chiqaradi. Biz yana bug‘ni, ya’ni, ho‘l-issiq mizojli havo unsurini “ko‘paytirish”(“x”) deb hisoblaymiz. Havo sovib, undan ajralgan yomg‘ir suvi tomchilarini ho‘l-sovuq mizojli tabiatni “bo‘lish” (“:”) amali deb qabul qilamiz.
Biz fanlarni o‘rganish davomida quyosh, oy, yer va boshqa sayyoralar, olam va odam to‘rt unsur va matematik to‘rt amal bilan yaralganligini bilib olamiz.
Endi o‘n ikki yulduz turkumining “hamal” burjidan hisoblasak.
Birinchi, “Qo‘y” yulduzlar turkumi, olov mizojiga xos bo‘lganligi sababli “qo‘shish”(“+”) (1631 yilda nemis olimi U.Outred matematik alomatni “qo‘shish” “+”) deb qabul qilgan.
Ikkinchi, “Savr” burji tuproq unsuriga daxldor, quruq – sovuq mizojli bo‘lganligi sababli “ayirish” (“- “) degan alomat qo‘yilgan.
Uchinchi, “Javzo” yulduzlar turkumi, “havo” unsuri, ho‘l-issiq mizojli bo‘lganligi tufayli “ko‘paytirish”(“x”) formulasi kiritilgan.
To‘rtinchi, “Saraton” burji, “suv” unsuriga xos, ho‘l-sovuq mizojli bo‘lganligi sababli nemis olimlari “bo‘lish” (“:”) deb nomlangan matematik alomatni fanga kiritgan.
Lekin to‘rt amal “Chor unsur” falsafasi orqali Buyuk Bobil va Buyuk Turon xalqlariga milodiy eradan 4 ming yil ilgari ma’lum va mashhur edi.
Faqat zardushtiylik padarshohlik dini bo‘lganligi sababli Navro‘z bayrami 22 iyun “Saraton” (ayirish “- “) dan emas, “Hamal” (“qo‘shish” “+”) burjidan boshlanishi e’lon qilingan. Saraton esa to‘rtinchi amal bo‘lish (:) bilan nihoyalanadigan bo‘ldi.
Beshinchi, “Asad” burji, olov mizojli, yana “qo‘shish” (“+”) deb hisoblangan.
Oltinchi, “Sumbula” quruq-sovuq, “ayirish” (“- “).
Yettinchi, “Tarozi” burji, ho‘l-issiq “ko‘paytirish” (“x”)
Sakkizinchi, “Aqrab” ho‘l-sovuq, “bo‘lish” (“:”)
To‘qqizinchi, “Qavs”, yana quruq-issiq mizojli bo‘lganligi sababli “qo‘shish” (“+”) deb qabul qilingan.
O‘ninchi: “Jaddi”...quruq-sovuq, “ayirish”(”- “).
O‘n birinchi, “Dalv”, ho‘l-issiq mizojli,“ko‘paytirish” (“x”).
Nihoyat o‘n ikkinchi, “Baliq” burji, ho‘l-sovuq mizojli, suv unsuriga daxldor bo‘lganligi sababli 1684 yilda nemis olimi G.Leybnits “bo‘lish” (“:”) alomatini fanga kiritgan.
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ham aynan o‘n ikki yulduz burjli osmonni o‘zida mujassam etgan holda doira shaklida qurilgan.
Rasadxona va kvadrant asbobining sharqiy, quyosh chiqar (yangi oy) tarafini “qo‘shish”(“+”) g‘arbiy, kunbotar (so‘nayotgan oy) tomonini “ayirish” (“- “) deb qabul qilsak, Yevropa, xususan, nemis olimlarining fanga kiritgan matematik alomatlari kelib chiqadi.
Siz quyida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi loyihasi uzra matematik amallarning formulalari bilan tanishasiz.
Doira ichida ikki marta “barobar” (“=” I“=”) “barobar” qo‘yilganining sababi Qadimgi Bobil va Buyuk Turonda erkak va ayolning teng huquqlilik ramzi hisoblangan:
(Quyosh-erkak 365*+355*oy-ayol = 720*: 2 = 360*: 2= 180*)
“Katta” “>” va kichik “<” белгиларига эътибор берсангиз, қуёш ойдан катта бўлганлиги сабабли, кун хонасида бўлган каттанинг (“>”) uchi oy xonasiga qaratilgan va aksincha, oy quyoshdan kichik bo‘lganligi tufayli, tun xonasida bo‘lgan kichikning (“<”) ўткир қирраси (араб ёзуви каби) қуёш томонга йўналтирилган.
Ko‘rib turganimizdek, olam va odam matematik, al-jabrik amallar bilan yaralgan.
Qizig‘i shundaki, XV-XVII asrlarda matematik formulalar, alomatlar kashf etilishining nihoyasiga yetayotgan davrda Yevropa olimlari: “Yolg‘on ilmlar aniq fanlarning sarchashmasi edi”, deganida inkivizitsiya ularning kitoblarini nashr etishga ruxsat bermas edi. Albatta, katolik dinini ham to‘g‘ri tushunish kerak, ilohiyot olamida “ota”ga qaraganda “ona”ga ko‘proq xizmat qilishga da’vat qilinadi. Shuning uchun ham tabiatda “geliotsentrizm”ga, shariatda esa “geotsentrizm”ga amal qilmoq onaga xizmat qilgan kabi muqaddas burch, farz hisoblangan.
Yurtimizda milliy istiqlol,“diniy erkinlik tufayli farzandlarimiz, avlodlar oson tushunishi uchun unutilgan olamni matematik qayta kashf etishga tayyormiz. Buning uchun o‘n ikki yulduz burjli osmon amaliyotiga hamda Sharqu G‘arb allomalari va ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosiga tayanamiz.
Ikromiddin Sirojiddinov,
Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi ilmiy xodimi.