"Chokardiza" qabristonida Burhoniddin Marg‘inoniy dafn etilgan joy aniqlandi

Endi alloma nomini abadiylashtirish maqsadida bu yerda maqbara quriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Chokardiza" qabristonida Islom olamida muhim o‘rin egallagan to‘rt mingdan ziyod olimu muhaddislar dafn etilgan.
Qabristonga IX asrdan boshlab dafn qilish boshlangan bo‘lib, keyinchalik musulmon olamining eng tabarruk qabristonlaridan biriga aylangan.
Bu yil Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasida qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda ulug‘ alloma va ulamolar merosini o‘rganish maqsadida "Chokardiza" qabristoni hududida arxeologik tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand arxeologiya instituti olimlari tomonidan olib borilayotgan qazishma ishlari davomida buyuk faqih, islom huquqshunosligining mukammal asari hisoblangan “Hidoya” kitobi muallifi Burhoniddin Marg‘inoniy dafn etilgan joy aniqlandi.