Misrdagi suv toshqinidan so‘ng chayonlar hujumi to‘xtamayapti
- 18.11.2021 10:25
- 190
- Xorij
O‘tgan hafta yakunida Nil daryosi yaqinidagi Asuan viloyatida hasharotlar yopirilgandi. Jumladan 500 ga yaqin mahalliy aholi va sayyohlar chayon chaqqanidan shikoyat qilgan.
Hozirga kelib Asuanda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Zararkunandalar kirib kelishining sababi yomon ob-havo ekani aytilgan. Kuchli jala va do‘l yog‘ishidan keyin chayonlar shahar ko‘chalariga sudralib chiqa boshlagan.
Viloyat aholisi va sayyohlar uylarini tark etmaslik, serdaraxt joylardan uzoqroq bo‘lishga chaqirilmoqda.
Misr «semizdum chayon»larning vatani hisoblanadi. Ularning zahari juda xavfli bo‘lib, odamni bir soatdan kamroq vaqt ichida odamni o‘ldirishi mumkin.
Teglar:
Misr