Mobil telefon buzilishiga olib keladigan odatlar – ekspertlar maslahati
Mutaxassislar mobil telefon muddatidan oldin buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan odatlarni ma’lum qildi. Bu maslahatlarga rioya qilsangiz telefoningiz uzoqroq xizmat qiladi.
"Izvestiya" gazetasi mobil smartfonlar muddatidan oldin buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan odatlarni sanab o‘tgan.
Birinchi navbatda telefon egalarining ehtiyotsiz harakatlari oqibatida telefon buzilishi mumkin. Ko‘p holatlarda telefon tushib ketadi yoki cho‘kib ketadi. Ko‘pchilik suvdan himoyaga ishonishadi, biroq suv oldidagi selfilar va chuqur suvga tushib ketish holatlari telefonni ishdan chiqishiga olib keladi. Smartfonlarni yuvish ham xavfli, kuchli bosim oqibatida suv telefon ichiga kirishi mumkin.
Yana zararli odatlardan biri kechasi telefonni zaryadkaga qo‘yish. Uyqudan oldin telefonni quvvatlagichga qo‘yish vaqtda ulagich buzishi mumkin, chunki qorong‘ilikda hamma ulagichga tusha olmaydi.
Ekspertlar quvvatlagich uchun arzon va sifatsiz simlardan voz kechishni maslahat beradi. Chunki ular akkumulyatorga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Shuningdek, telefon ustini kiyim bilan yopish yoki yostiq ostidaga qo‘yish ham maslahat berilmaydi, bu telefon qizib ketishiga olib keladi.
“Litiy-ion akkumulyatorlar sovuq va issiqlikni yoqtirmaydi. Yozda quyoshda yoki qishda avtomobil salonida yoqilgan dvigatelda sovuq temperaturada zaryadka qilish telefonning ishlash muddatini jiddiy qisqartiradi”, - deb yozadi nashr.
Shu bilan birga, zaryadka vaqtida “og‘ir” o‘yinlarni o‘ynash telefonni haddan ziyod qizib ketishiga olib keladi.
Akkumulyatorni 0 foizgacha elektrsizlantirish ham telefonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Telefon 15-20 foiz bo‘lganda zaryadka qilish kerak.
Bundan tashqari, telefonga yuklatilgan ilovalarga ham e’tibor berish zarur. Ular fon rejimida ishlashi smartfon batareyasining ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.