Mo‘g‘uliston qadimgi poytaxt Qoraqurumni tiklashni buyurdi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux hukumatga qadimiy poytaxt Qoraqurumni tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qildi mahalliy OAV.

Qoraqurum 1235-1260 yillarda Mo‘g‘ul imperiyasining poytaxti bo‘lib, o‘zining gullagan davrida Yapon dengizidan Sharqiy Yevropagacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan. Hozirda shahar o‘rnida 2011 yilda ochilgan Qoraqurum tarixi muzeyi mavjud. Shaharni o‘rab turgan Orxon daryosi vodiysining madaniy landshafti YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. So‘nggi o‘n yilliklarda poytaxtni sharqda 350 kilometr uzoqlikda joylashgan Ulan-Batordan Qoraqurumga ko‘chirish takliflari ham bo‘lgan.

“Farmondan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning sog‘lom va xavfsiz muhitda yashashi uchun shart-sharoit yaratish, asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholini markazsizlashtirish, hududlarning mutanosib rivojlanishini ta’minlash, davlatning qimmatli merosini mustahkamlash, tarix va madaniyatini tiklashni ta’minlashdan iborat”, deyiladi xabarda.