Moskvada kuniga mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirib olyapti
- 21.06.2020 22:08
- 111
- COVID-19
Rossiya koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi xabar berishicha, 21 iyun kuni oxirgi bir sutkada jami 7 ming 728 kishi koronavirusga chalingan.
Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 584 680 nafarga yetgan.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxt Moskvada bo‘lib, 968 kishi koronavirus yuqtirib olgan.
Oxirgi bir sutka davomida Rossiyada 109 nafar bemor COVID-19 oqibatida vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon koronavirus tufayli vafot etganlar soni 8 111 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda 340 ming kishi kasallikdan tuzalgan, oxirgi bir sutkada 5 119 kishi infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.
Teglar:
Koronavirusga chalinganlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Pullardagi hid nimadan kelib chiqadi?
- Bugun, 14:59
- O'qing, qiziq!
Ochiq turizm mavsumi boshlandi
- Bugun, 12:59
- Sport