Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Rossiyaga yordam uchun harbiylar va texnikalarni shay holga keltirilganini rad etdi

Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar harbiy texnikalarda Rossiyaga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgandi, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirildi" mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi:

"Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan".

Shuningdek, Mudofaa vazirligi axborot xizmati asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.