Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketmoqda
Bu haqda Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektorda aytib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, oliygohlar fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangan, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kam.
Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketmoqda. Sababi – oliygoh bilan sanoat o‘rtasida uzilish bor.
Yig‘ilishda rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirilgan.