Murg‘ak qalbga umid bag‘ishlab ...

Samarqand tumanining Qo‘shtamg‘ali mahallasida yashovchi Umedjon Abdullayev 2012 yilda yurak nuqsoni (porogi) xastaligi bilan tug‘ilgan. Ota-onasi bugungi kunga qadar uni imkon darajasida davolatib, dardiga shifo izlagan. Biroq muayyan to‘lovlar mavjudligi bois murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qo‘li kaltalik qilgan.
Xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshirayotgan ishlardan xabardor oila katta umid bilan bizga murojaat qildi. Murojaat asosida yurak jarrohligi amaliyoti uchun tuman hokimligi tomonidan 14 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilishi ta’minlandi.
Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida operatsiya qilingan Umidjonning sog‘ayib, oyoqqa turishi uchun tegishli soha vakillari jalb etildi. Hozirgi kunda U.Abdullayevning salomatligi yaxshilanib, maxsus o‘qituvchi tomonidan talim berilmoqda.
I.MURODOV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.