“Muruntov” koni 2020 yil oltin qazib olishda dunyoda yetakchi deb topildi

KITKO analitik markazi 2020 yilda oltin qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘nta kon ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxatga ko‘ra, birinchi pog‘onani Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni egalladi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili “Muruntov”da taxminan 56,7 tonna oltin qazib olingan. Shu bilan birga, konning resurs bazasi 4 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Bu shundan dalolat beradiki, yaqin kelajakda 1969 yildan beri faoliyat yuritayotgan o‘zbek koni dunyodagi eng yirik oltin koni sifatida o‘z mavqeini saqlab qoladi.

Ma’lumot uchun, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblangan “Muruntov” konining chuqurligi hozirda 640 metrdan ortiq. Kelajakda bu ko‘rsatkich 1 000 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Gulsum Shodiyeva tayyorladi.