Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq yana bir holat aniqlandi
- 09.04.2022 17:32
- 421
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari Bulung‘ur tumanida yer sotish jinoyati bilan bog‘liq tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Z.G‘. mahalliy fuqaroga Bulung‘ur tumani hokimligi zaxirasidagi 10 gektar yer maydoniga egalik qilish uchun o‘tkaziladigan auksionda g‘olib bo‘lishni hamda ushbu yer maydonini uning nomiga mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
HozirdaZ.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 26 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!