Paxtachida noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi

Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli “GMZ-1” kon boshqarmasi “Qoraqo‘ton” kon boshqarmasiga qarashli bo‘lgan va xokimiyat tasarrufida bo‘lgan yer osti va yer usti shaxtalaridan noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini talon-toroj qilinishi oldini olish maqsadida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Tadbirlar davomida tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaxo metallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini maydalashga mo‘ljallangan tosh tegirmon moslamalarini uyiga o‘rnatib yashirin ravishda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator fuqarolar aniqlangan.

Jumladan, Paxtachi tumani Jona mahallasida yashovchi Q.J.ning dala hovlisi ko‘zdan kechirilganda, uyida tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarni maydalashga moslashtirilgan 1 dona dvigatelli tosh tegirmoni, 24 dona qoplarga solingan har birining og‘irligi 10-15 kilogramdan bo‘lgan tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda qumlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tumanning Hayit Elbegi maxallasida yashovchi fuqaro A.U. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda molxonasi ichiga o‘rnatilgan ruda toshlarni maydalashga mo‘ljallangan dvigatelli tosh tegirmon, “drabilka”, 8 dona ruda qumlarni yuvishga moslashtirilgan tunuka tarnov, 18 ta oq politelin qoplarga solingan har birining taxminiy og‘irligi 30-35 kilogramdan bo‘lgan tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda qumlari, 7 dona oq politelin qoplarga solingan har birining taxminiy og‘irligi 30-35 kg.dan ruda toshlari, “Niva” avtomobili ichidan og‘irligi 650 kg.li ruda toshlari borligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.