Mushtumzo‘rlar qidirilmoqda

IIV axborot xizmati xodimi Shirin Normatovaning xabar berishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smirlarni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, ularning tanalarining turli joylariga qo‘l bilan urayotgani va oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalgan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan hech kim murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida Sizdan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma’lumotga ega bo‘lsangiz, telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki 71 231 34 28 raqami orqali habardor qilishingizni so‘raymiz.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.