Myanma sobiq davlat maslahatchisi yordamchisi 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Mazkur amaldor Aun San Su Chji Nobel mukofoti laureati bo‘lib, mamlakatdagi harbiy to‘ntarishdan avval amalda bosh vazir vazifasini bajargan.
To‘ntarishdan so‘ng u pora olishda, import va eksport qonunchiligi, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlikda va davlat sirlarini oshkor qilganlikda, shuningdek, qo‘zg‘olonga undashda ayblanmoqda. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 1 fevralda Myanma harbiylari bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qildi va mamlakat rahbariyatini iste’foga chiqardi. Armiya vakillari buni 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan saylovlardagi yirik firibgarlik bilan izohlashdi.
Keyinchalik Myanmada bir necha hafta davomida harbiy boshqaruvga qarshi ommaviy namoyishlar davom etdi, biroq ular shafqatsizlarcha bostirilgan edi.