Narpayda noqonuniy ravishda daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi

Narpay tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tumanning "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaro B.A. tomonidan yo‘llangan murojaatga binoan o‘rganish olib bordi.

Aniqlanishicha, ushbu mahalla fuqarosi B.G‘. yashash xonadonining orqa qismidan oqib o‘tuvchi xo‘jalik arig‘i yoqasidan 1 tup qurigan yong‘oq,  2 tup terak daraxtini tegishli tartibda ruxsat olmasdan noqonuniy ravishda kesgan.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, ayni paytda huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblashning 5 (besh) barobari miqdorida jarima hisoblanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.