Narpayda qo‘shni davlat universitetiga o‘qishga kiritish va ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Narpay tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro S.X. o‘zgalar mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni ko‘zlab, fuqaro M.ning O‘sh texnologiya universitetidagi o‘qishini 1 400 AQSh dollari evaziga Samarqand davlat universitetiga ko‘chirib berishni hamda 2 nafar fuqaroning har biriga 800 AQSh dollaridan hisoblab, 1 600 AQSh dollari evaziga Chimkent shahridagi “Muxtor Avezov” nomidagi institutga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, jami 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.