Narpayda Sohibkor va Bo‘ston obod qishloqlarga aylanmoqda

Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inidagi Bo‘ston qishlog‘i tumanning chekka hududida joylashgan. Qishloqda 253 ta xonadon bo‘lib, 1096 aholi istiqomat qiladi.
– Qishloq aholisining yashash tarzi, ularni qiynayotgan muammolar ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi, – deydi Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Turg‘un To‘rayev. – O‘rganish davomida ta’mirtalabligi aniqlangan 213 ta xonadonning 185 tasida obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari bajarildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 oila uylari homiylar tomonidan ta’mirlandi. 3 ta noqonuniy qurilish buzildi. 1 kilometr masofada 380 dona archa ekildi. Bu kabi ishlar hali davom etmoqda.
Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Bo‘ston qishlog‘ida obodonlashtirish va boshqa ishlar uchun jami 8 milliard 957 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi Sohibkor qishlog‘ida ham bu borada ishlar jadal davom etmoqda. Ayni vaqtda bu qishloqda 168 ta xonadonda 900 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.
G‘olib ABDUSALOMOV.