Narpaylik ayol farzandini 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, samarqandlik ayol o‘z farzandini Toshkentda sakkiz ming dollarga sotishga urinayotganida qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Narpay tumanida ro‘yxatda turgan va vaqtincha Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan 25 yoshli Sh.O. uch oylik o‘g‘lini O‘rta Chirchiq tumanida 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.