Narx-navoning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir sub’yektga soliqchilar biriktirildi

Samarqand viloyati hududida 40 ta dehqon bozorlari, 39 ta yirik oziq-ovqat mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi supermarketlar mavjud bo‘lib, koronavirus pandemiyasi oqibatida e’lon qilingan karantin jarayonida bozorlarda va savdo komplekslarida sotilayotgan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir sub’yektlarga xodimlar biriktirildi. Narx-navoni oshirmaslik to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazib borilmoqda.

Shuningdek, 946 ta dorixonalar mas’ullari bilan dori vositalari va shaxsiy gigiyena vositalari (maska) narxlarini oshirmaslik yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi hududiy bo‘linmalari ma’sul xodimlari tomonidan joylarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari (un, shakar, yog‘, guruch va go‘sht mahsulotlari) va farmatsevtika mahsulotlari narxini oshirmaslik, asossiz narxlarning oshirilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik choralari belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilib, korxona mas’ullaridan kafolat xatlari olinmoqda.

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.