Navoiy haykali – ziyorat maskani
- 05.06.2019 11:00
- 107
- Madaniyat
Kenagas mahallasida qad ko‘targan ushbu haykal 1991 yil 11 sentyabrda barpo etilgan. Uni mohir haykaltarosh “Navoiy” mukofoti lauriyati Ilhom Jabborov yasagan.
Ushbu yillar oralig‘ida haykal birmuncha eskirib, uning atrofi ta’mirga muhtoj holga kelib qolgan edi.
Tuman hokimining 2019 yil 22 apreldagi 57 sonli farmoyishiga binoan 305.495.000 so‘m mablag‘ tuman hokimligi zaxirasidan ajratilib, obodonlashtirish ishlari boshlandi.
“Urgut Bino Servis” MChJ rahbari To‘lqin Toshev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan obodonlashtirilgan ushbu maskan bugun ko‘pchilik kelib ziyorat qiladigan majmuaga aylandi. Zero buyuklarga ehtirom hamisha milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelgan.