Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Ular 15 nafar fuqaroni shunday va’da bilan 18 ming dollar va 81 million so‘mga "tushirgan".
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tumani bo‘limi tomonidan fosh etilgan.
Ya’ni, Departamentning tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganda fuqarolar G‘.E. va E.N. “A.” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 15 nafar fuqaroni aldab, ularni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 18 000 AQSh dollari va 81 mln. so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Bu borada Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.