Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi
Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar va o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi.
Bog‘ markazida o‘rnatilgan Hazrat haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda Navoiy hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida fikr yuritildi. Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi.
Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari Navoiy g‘azallaridan o‘qidi.
Viloyat musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
To‘lqin SIDDIQOV,
Bekjahon ABDULLAYeV (foto).