Navoiy viloyatida sel oqibatida 300 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi
- 13.05.2020 10:51
- 242
- O‘zbekiston
Bugun, 13 may kuni taxminan soat 02:30 dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.
Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.
O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa