Navro‘z umumxalq sayllari bekor qilindi
Bugun erta tongda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar tarqaldi.
Vaziyatni nazorat qilish, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishdan so‘ng o‘tkazilgan brifingda jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari o‘tkazilmaydi. Shuningdek, ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinadi.