Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?

Kanalimizda shu savol bilan so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, ishtirokchilarning eng katta ulushi — 29 foizi "Muntazam kitob o‘qib boraman" javobini tanlagan. Bu yaxshi, ammo 26 foiz ishtirokchi kitob o‘qishga vaqti yo‘qligi, 25 foiz qatnashchilar kitobdan ko‘ra telefon qulayligi, 2 foizi kitob o‘qish zerikarli ekani,i bildirgan. 13 foiz respondentlar esa kitob o‘qishga sabri yetmasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, ayrim obunachilarimiz izohlarda ko‘pchilik erinchoq bo‘lib ketgani, kitob o‘qimaslikka turli bahonalar topilishi, qiziqarli kitoblar kamligini yozgan.

Bundan tashqari, kuzatuvchilar ilgari metro va avtobuslarda ham kitob o‘qilishi, hozir esa nafaqat uyda, balki ovqatlanganda, yo‘lda yurganda, chorrahada, ishxonada, xullas, aksariyat hollarda eng ko‘p vaqtimiz telefonga tikilish bilan o‘tayotgani, ayniqsa, yoshlar  telefondan bo‘shamasligi kam kitob o‘qilishining asosiy sababi deyilgan.

Xo‘sh, sizning fikringiz qanday? Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?