"Nexia 3" egasidan navbatdagi g‘aroyib savol: Qarzdorlik bo‘lsa tunda ham harakatlanib bo‘lmaydimi?
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi qidiruv organlari tomonidan yo‘l qoidasini buzib, qator jarimalarini to‘lamagan qarzdor fuqarolarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish hamda avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 23 sentyabr kuni "Nexia 3" haydovchisining 22 ta ma’muriy jarimalari bo‘lsa-da, MIB tomonidan qidiruvda ekanligini payqab faqat tunda harakatlangan.
Tadbir davomida, ushbu avtomashina mahalla ichki ko‘chasida harakatlanayotganligi aniqlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Qarzdor g‘aroyib savol bilan murojaat etgan: "qarzdorlik bo‘lsa tunda ham harakatlanib bo‘lmaydimi?"
Barcha jarimalar to‘langandan so‘ng avtotransport vositasi jarima maydonidan chiqarilishi, aks xolda avtotransport vositasi auksion savdolariga chiqarilishi tushuntirilgan.