Nitssa YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Fransiyaning Nitssa shahri YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi, deya ma’lum qildi shahar meri Kristian Estrozi Twitterda.

Mer ushbu voqeani shahar tarixidagi miqyosi va rezonansi bo‘yicha noyob, deya atadi.

Nitssa - Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan Provans – Alp – Lazurniy bereg (Moviy qirg‘oq) hududidagi O‘rta yer dengizi shahri. Miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarida yunonlar tomonidan asos solingan.

Nitssa 1793 yilda Fransiyaga qo‘shildi, ammo 1814 yilda hudud Savoyga o‘tdi va 1860 yilgacha Sardiniya qirolligining bir qismi bo‘lib qoldi. Napoleon urushlaridan so‘ng shahar yumshoq iqlimi tufayli kurort sifatida mashhur bo‘ldi.

Ilgari YuNESKO Liverpulni Jahon merosi ro‘yxatidan chiqargan edi. Shahar Germaniyaning Drezden yaqinidagi Dolina Elbi va Ummondagi Arab antilopasi qo‘riqxonasidan keyin o‘z maqomini yo‘qotgan uchinchi ob’yekt bo‘ldi.

Shu kunlarda YuNESKO Jahon merosi qo‘mitasining sessiyasi onlayn tarzda Xitoyning Fuchjou shahrida bo‘lib o‘tmoqda.