Nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak? - Prezident
Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi lozim? Yoki nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak?
Bunday adolatsiz “tizim”dan endi butunlay voz kechamiz.
Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, o‘tgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘onlarning o‘zi yetarli emasmi?!
Shu bois, Konstitutsiyamizga “Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas”, deb qat’iy yozib qo‘yishimiz kerak.
“Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart”, degan norma ham Asosiy qonunimizda o‘z aksini topishi zarur".