Nima sababdan Toshkentda kasallik aniqlansa, faqat mahalla, viloyatlarda esa butun hudud “qizil” deb e’lon qilinmoqda?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov javob berdi:
➖ Toshkent shahri bo‘yicha kasallik qayd etilgan har bitta tumanning mahallalar, mavzelar, dahalari va yirik ob’yektlar bo‘yicha karantin, cheklov tadbirlari belgilash tizimli olib borilmoqda.
Maqsad — Toshkent shahri poytaxt shahar ekanligi bois ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va aholining harakatlariga ta’sir qilmagan holda, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirish.