Nodavlat notijorat tashkilotlarida faoliyat yuritayotganlar uchun imkoniyat
Samarqand viloyati hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan shu yil 25 iyun, soat 15.00 da Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasida «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi.
Unda adliya, soliq, statistika idoralari mutaxassislari nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)da soliq hisobotlari va buxgalteriya hujjatlarini yuritish tartibi, NNTlarning statistik hisobotlarini to‘ldirishda qo‘yilgan talablar, NNTlarning grant tanlovlarida ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot beradi.
Viloyatimizdagi nodavlat notijorat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbarlar va hisobchilarni, milliy madaniyat markazlari rahbar va mutaxassislarini, shuningdek, o‘z faoliyatini NNT tartibida tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini ushbu seminarga taklif etamiz.
TAShKILIY QO‘MITA.