Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha xalqaro «Tata Steel Chess-2024» musobaqasi davom etmoqda.

Kecha musobaqaning masters guruhida to‘rtinchi partiya bellashuvlari tashkil etildi.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Fransiya vakili Alireza Firuzjaga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.
Ushbu natijadan so‘ng hamyurtimizning ochkolari soni 2,5 taga yetdi. Abdusattorov ayni damda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.