Nodirbek Abdusattorov tarixda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh shaxmatchi

Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Unda 17 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni bo‘ldi. Bu bilan Abdusattorov ushbu yo‘nalishda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

E’tiborlisi, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbari Sankt-Peterburgdagi sammitdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib borgan.

Davlatimiz rahbari yosh jahon chempionga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llab, uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.